Bosh sahifaga
Markaz haqida
Markaz faoliyati
Markaz tarkibi
Foto Galeriya
Mehmonlar kitobi
Aloqa uchun
Qo`shimcha saytlar.
  • O`zbekiston xukumati sayti
  • Oliy ta`lim vazirligi
  • Namangan Davlat Universiteti
  • NamDU-Axborot texnologiyalari va Test markazi
  • O`zbegim kulguxonasi

  • 25-February 2006

    Namangan Davlat Universitetida 23-24 fevral kunlari "Tabiiy fanlarni o`qitishning dolzarb muammolari" mavzusiga bag`ishlangan ikki kunlik Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo`lib o`tdi.

    Anjumandan ko`zlangan maqsad tabiiy fanlarni o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash borasida to`plangan tajribalarni o`rganish, Oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimi professor-o`qituvchilàðíing malakasini oshirishni takomillashtirish masalalarini muhokama qilish hamda aniq tadbirlar ishlab chiqishdan iborat edi. Universitet qoshidagi "Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o`qóâ markazi" negizida tashkil qilingan bu tadbirda Respublikamizning etakchi Oliy va o`rta maxsus ta`limi professor-o`qituvchilari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

    Xususan, Respublikamizdagi Oliy va o`rta maxsus ta`limi tizimidagi malaka oshirish maskanlari raxbarlari, O`zMU, BuxDU, SamDU, JizzaxPI, AnDU, FarDU, TDPU, TATU, TDTU, SDAQI, QDPI ÁOOESTI professor-o`qituvchilari shuningdek, aspirantlar, magistirlar, viloyatdagi o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi raxbarlari, umumta`lim fanlari o`qituvchilari, geografiya va tarix fanidan malaka îshirayotgan tinglovchilar qatnashdilar.

    Anjumanda ta`lim jarayonida axborot va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yangicha darñ ishlanmalarini o`rtoqlashishdi va malaka oshirish tizimini takomillashtirish bo`yicha qizg`in baxs móíîzaralar, savol-javoblar bo`lib o`tdi.

    Umuman anjumanda mutaxassislar tomonidan 250 ga yaqin qiziqarli ma`ruzalari tinglandi. Taxririyat tomonidan bu manbalar o`rganib chiqilib to`plam shaklida anjuman qatnashchilariga topshirildi.

    Anjuman dasturiga ko`ra dastlabki umumiy yalpi yig`ilishda Namangan davlat universiteti rektori þridik fanlar doktori Y.Raximov kirish so`zi bilan anjumanni ochar ekan ishtirokchilarni tabriklab, anjuman ishiga muvafaqqiyatlar tilagan xolda anjumanda ko`zlangan maqsadlar moxiyatiga aloxida to`xtalib o`tdi. So`ngra yalpi majlis munozaralari boshlandi. Jumladan: professorlar A.Qayumov, X.Voxobov, M.Qoroboev, X.Rashidov, N.Indiaminov, SH.Abdullaev, Yu.Po`latov, I.Karimovlarning ma`ruzalari tinglandi. SHuningndek, yalpi majlisda Germaniyalik doktor Xabib janoblari ekspert sifatida qatnashdi va anjuman xaqida o`z fikr muloxazalarini bildirdi. Ma`ruzalar jarayonida savol-javoblar bo`lib o`tdi.

    Yalpi majlisdan so`ng anjuman ishtirokchilari sho``balar bo`yicha ishladilar.

    Anjumanda quyidagi sho``balar faoliyat ko`rsatdi.

    1- Fizika-matematika fanlari (rais- professor M.Badalov)
    2- Kimyo, biologiya va geografiya fanlari (rais-professor SH.Abdullaev)
    3-Kadrlar malaka oshirish va pedagogik texnologiyalar (rais-professor A.Nurmonov) SHo``balar haqda o`rtaga tashlangan barcha masalalar bo`yicha tegishli amaliy ko`rsatmalar ishlab chiqish xaqidà tavsiyalar berildi.

    Har bir ma`ruzada u yoki bu mavzuni yoritishda axborot va yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash, o`quvchi talabini mustaqil bilim olishga yo`llash masalalari xaqida batafsil fikrlar bildirildi.

    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 16.02.2006. ¹25 qaroriga binoan professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish, tubdan islox qilingan. Xususan ularning kasbiy maxoràtlarini oshirishda malka oshirishni jamiyat ishtimoiy talablariga moslash malaka oshirish tizimi màzmuni, shakl va uslublari tinglovchilar extiyoji asosida tashkil qilish hamda ularning qiziqishlariga ìîslashga qaratilgan. SHuni nazarda tutgan xolda Respublikamizdagi etakchi oliy o`quv yurtlarining malaka oshirish muassasalari raxbarlarining ishtirok etishi ham anjuman ishini ahamiyatini oshirdi. +àðîrda belgilangan malaka talablari takidlandi, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini malakàñèni oshirish reja va dasturlarni ishlab chiqish bo`yicha yo`riqnoma muxokama qilinib tasdiqlandi.

    Aytadigan bo`lsak, joriy yildan boshlab, professor-o`qituvchilar: Milliy istiqlol g`oyasi, Pedagogik texíologiya va pedagogik maxorat hamda Axborot texnologiyalari bo`yicha malaka oshirishlari lozim bo`ladi. Bundan maqsad professor-o`qituvchilarni keng qamrovli, extiyoj, talab-istaklarini xisobga oëish, ularni rag`batlantirishdir.

    SHuningdek anjuman ishida Namangan Davlat Universiteti qoshidagi "Kadrlar malakasini oshirish và qayta tayyorlash o`quv markazi" da to`plangan tajribalarni ham o`rganildi. O`quv markazi bazasi, tarqatma materiallar ko`lami, xujjatlarning yuritilishi ko`rildi hamda tinglovchilar bajargan taqdimot ishlari namoyish etildi. SHuningdek, markazi axborot texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha taqdimoti ham bo`lib o`tdi.

    Anjuman ishi jarayonida Namangan davlat universiteti professor-o`qituvchilari, talabalari tomonidan tayyorlangan san`at asarlari, yaratilgan o`quv qo`llanmalari, darsliklar, uslubiy tavsiyalar ko`rgazmasè tashkil qilinib anjuman ishtirokchilarini diqqatini tortdi. Yakuniy yig`ilishda sho``balarda bajarilgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.

    Respublika ilmiy-amaliy anjumanda tabiiy fanlarni o`qitishda axborot va yangi pedagogik texnologiÿlarni qo`llash bo`yicha, malaka oshirish soxasida to`plangan tajribalar o`rtoqlashildi va tegishli amaliy tavsiyalar belgilandi.

    Umuman, anjumanda ko`zga tutilgan barcha masalalar bo`yicha fikrlashildi, muhokama qilindi va tegishli tavsiyalar berildi. O`ylaymizki anjumanda axborot va pedagogik texnologiyalarni qo`llash và malaka oshirishning yangi tizimi bo`yicha belgilangan amaliy tadbirlar va tavsiyalar professor o`qètuvchilar uchun uslubiy yordam bo`lib xizmat qiladi.

     

     

    www.namdu-malaka.narod.ru Designed by Hayrullo Melibayev MrMelHay
    Hosted by uCoz
    Design downloaded from Zeroweb.org
    Free web design, web templates, web layouts, and website resources!